avatar
Куч
295.25
Рейтинг
+112.28

Suyunov Sherzodbek Jamolovich

Мақолалар

Дил сўроқлари

Блог им. pedagog-2014

(Волидаи муҳтарамамнинг таваллуд кунларига бағишланади)


 


Нур нима? Дўстим ҳеч англаганмисан,


Қуёшдан келган бир овозми, сасми?


Мен қандай яралдим, қандай ҳаётман?


Ҳам нурим, ҳам руҳим онам эмасми?


 


Куй нима? Ҳофизим сенинг нолангми?


Ёки юрагингдан жой олган ҳислар?


Ватаним, айт ахир мен сенинг болангми?


Онамни дилдаги куйларим излар.


 


Дур нима? Эй заргар, айтоласанми?


Қанчалар бебаҳо, қанчалар турар?


Сўрсалар гар мендан кўнглинг бутунми?


Онам чун танамда бу юрак урар.


 


Онажон, фарзандман қўлим кўксимда,


Сиз борсиз бор менинг юзимда қувонч.


Юртим чирой топар ўнг-у сўлимда,


Шундан бор менда куч, ўзимга ишонч.


 


МУАЛЛИФ: Ўзим, яъни Шерзодбек Суюнов


Меҳрибон онанинг эрка ўғли, ТерДУ талабаси

Bola bo'lsang, sho'x bo'l yohud quvnoqlarga yana bir sinov

Блог им. pedagog-2014


       Ertaga Termiz Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti hamda «Kamolot» YoIH boshlang'ich tashkiloti bilan hamkorlikda katta bayram tantanasi  — «Quvnoqlar va Zukkolar» ko'rik-tanlovi bo'lib o'tadi. Unda fakultetdagi 5 ta ta'lim yo'nalishi talabalari o'zaro bellashadilar. Jamoa nomlari ham tanlovning shukuhini yanada boyitdi: Hamsoyalar, Boriga baraka, Mittivoylar, Bekorchilar ansambli, Elita.


       Tanlovga qizg'in tayyorgarlik boshlab yuborilganiga ancha bo'ldi. Tanlov tafsilotlari haqida ertaga albatta yozaman. Sizni ham bu kabi tadbirlarda ko'rishdan baxtiyor bo'lardim. Zero, bugungi yoshlarning har tomonlama rivojlangan va yetuk bo'lishlari zamon talabi.

Yangi yil shukuhi qalblarda

Блог им. pedagog-2014

     


 


Bugun Termiz Davlat Universitetida katta bayram. Yangi yil har bir talaba uchun unitilmas bo'lib keldi. Sababi universitet yangi yil archasi oldida o'tkazilgan " Quvnoqlar va zukkolar" tanlovi, yil davomidagi eng faol yoshlarni taqdirlash marosimi barchaning yodida o'chmas iz qoldirdi. Bugun har bir yosh qalbida yangi umid, orzu va rejalar tug'ildi. Ushalgan maqsadlar sarhisob qilinib, ulgurilmaganlariga bu yil erishish va ulgurish haqidagi o'ylar hukm surmoqda. Barchani Yangi yil bilan tabriklab, uzoq umr, baxt va omad tilayman.